Opajon, bu nima? Aytingchi bu nima?
Olib bering, menga, menga, menga, bu nima? Opajon, bu nima? Aytingchi bu nima? Katta qo'g'irchoqmi, axir mana bu, bu nima? Tegma unga, tegma bunga, tezroq yur! Tegma unga, tegma bunga, tezroq yur! Aqlli qizsan o'zing, sekinroq aytgin so'zing, Bu yerda senga kerak narsa yo'q. Ko'rgazma muzeylarda narsalar sotilmaydi. Tomosha qilib yur sen faqat. Opajon, bu nima? Aytingchi bu nima? Olib bering, menga, menga, menga, bu nima? Opajon, bu nima? Aytingchi bu nima? Katta qo'g'irchoqmi, axir mana bu, bu nima? |
|
Chaqqon qiz - Agile girlOtajonim siz mening,
Onajonimsiz siz mening, Mehribonlarim mening! Vatanim O'zbekiston, guljahon dilbandiman, Vatanim O'zbekiston, shu elning farzandiman-o! Otajon, onajon, chaqqon qizman, qarang-ey, Tong sahar supuraman ko'chamizni chinniday. Opajonimga o'xshab qachon katta bo'laman? Opajonimga o'xshab qachon chevar bo'laman? Go'zal liboslarni tikib onamlarga beraman? Kostum shimlarni tikib otamlarga beraman? Otajon, onajon, chaqqon qizman, qarang-ey, Tong sahar supuraman ko'chamizni chinniday. Opajonimga o'xshab qachon katta bo'laman? Opajonimga o'xshab qachon ovqat qilaman? Shirin kulchalar pishirib onamlarga beraman? Palovlarni pishirib otamlarga beraman? |
|
La la la la la la la!
Lay la la la la la! Non yopganda, non yopganda Mening oyim, mening oyim, Issiq kulcha yopar doim. (x2) Kulcha juda mazzali, Sedanali jizzali. (x2) Yegan sari yegim kelar, Rahmat oyi degim kelar. (x2) |
|
Osmon deydi: “Kunsiz kulmayman, yulduz kerak tunga.”
Yorim uchun kimman bilmayman, kerakmanmi unga? Xayolimni tortar o'ziga, ko'zga yaqin o'zi, Ishonay men qaysi so'ziga, ko'pdir shirin so'zi. Yoring bo'laman deydi, zoring bo'laman deydi, Senga o'laman deydi u. Yaxshi bo'laman deydi, senla qolaman deydi, Darding olaman deydi u. Men kimman, ayt, men kimman, ayt? Sevgida shohmanmi yo gadomanmi, ayt? Ah, men kimman, ayt, men kimman, ayt? Sen uchun sevgiling yo do'stingmanmi, ayt? Osmondagi oydan so'rama, sadag'ang men ketay, Men turib o'zgani ko'zlama, yarim baxtni netay? Ay, yoring bo'laman deydi, zoring bo'laman deydi, Senga o'laman deydi u. Yaxshi bo'laman deydi, senla qolaman deydi, Darding olaman deydi u. Men kimman, ayt, men kimman, ayt? Sevgida shohmanmi yo gadomanmi, ayt? Ah, men kimman, ayt, men kimman, ayt? Sen uchun sevgiling yo do'stingmanmi, ayt? [A yana yo'q-yo'q dema-dema havasdan, Ne keragi bor oltin bo'lsa yana qafasdan? Balki-balki tuyg'ularim san uchun jumboq, Shuning uchun yaxshilab mening ko'zlarimga boq. A mayli-mayli, xo'p-xo'p dema, ko'nglim top-top, So'zlaringdan bora-bora yana bo'laman betob. San uchun kimman, mana man kimman? Negadir o'zimdan-o'zim yana bo'laman xunob.) Men kimman, ayt, men kimman, ayt? Sevgida shohmanmi yo gadomanmi, ayt? Ah, men kimman, ayt, men kimman, ayt? Sen uchun sevgiling yo do'stingmanmi, ayt? [Do'stingmanmi, ayt?] |
|
Men toshlarning tiliman,
Men ko'ngilning guliman, Bu dunyoning diliman, Mendan meni so'rama! Tillosi yo'q boy nadur? Egilmasa, yoy nadur? Suv oqmasa, soy nadur? Mendan meni so'rama! Kundan tunni so'rama, (x2) Qo'rdan kulni so'rama! (x2) Mendan dunyo so'rayver, (x2) Mendan meni so'rama! (x2) Sen yetmagan yo'ldaman, Suv kirmagan cho'ldaman, Bir maysaman, do'ldaman, Mendan meni so'rama! To'kilmasam to'lmayman, Qor qo'ynida gullayman, Men shunchaki o'lmayman, Mendan meni so'rama! Kundan tunni so'rama, (x5) Qo'rdan kulni so'rama! (x5) Mendan dunyo so'rayver, (x5) Mendan meni so'rama! (x5) |
I am the tongue of stones,
I am the flower of the soul. I am the soul of this world, Don't ask me about myself! What a rich man without gold? If it doesn't bend, is it a bow? If the water does not flow, What is the stream for? Don't ask me about myself! Don’t ask the day about the night (x2) Don’t ask the ashes about the the snow (x2) Ask me the wealth, (x2) Don't ask me about myself! (x2) I'm on a road you haven't reached yet, I am on a desert without water, I'm a grass under the hail, Don't ask me about myself! I won't be full if I don't spill, I will bloom in the snow, I will not die just for nothing, Don't ask me about myself! |
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|